Elektr va gaz payvandlash. Monografiya

Tekst
Loe katkendit
Märgi loetuks
Kuidas lugeda raamatut pärast ostmist
Elektr va gaz payvandlash. Monografiya
Šrift:Väiksem АаSuurem Aa

Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov

Muharror Salim Madraximovich Otajonov

Taqrizchi, texnika fanlari nomzodi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi dosenti Yakub Usmanovich Usmonov

Taqrizchi, fizika-matematika fanlari nomzodi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi dosenti Boxodir Xoshimovich Karimov

Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov

Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muqova dizayni Xolidaxon To'lqinovna Aliyeva

Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev

Korrektor Boxodir Xoshimovich Karimov

© Qodir Abdullayevich Botirov, 2023

ISBN 978-5-0059-2149-9

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

KIRISH

Mustaqil O‘zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o‘quv yurtlarimiz oldiga qo‘ygan vazifalarining nechalik muvaffaqiyat bilan bajarilishi ko‘p jixatdan bog‘liq. Chunki oliy pedogogik o‘quv yurtlari talabalarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish, maktablarda mehnat darslarini o‘tish madaniyatiga asos soladi, o‘z kasbiga muxabbat uyg‘ota borib, bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qiladi.

«Ta’lim to‘g‘risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da uqtirib o‘tilganidek, talabalarga zamonaviy politexnik ta’lim, mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga yo‘llash ishlarini o‘rgatish, ularning bilim va kasbiy maxoratini hosil qilish muhimdir. Buning uchun maktablarda mehnat darslarini tashkil qilish uchun avvalo pedogogika oliy yurtlarida yaxshi jihozlangan o‘quv jihozlari, laboratoriya va o‘quv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli foydalanishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Bo‘lg‘usi mehnat darsidan dars beruvchi o‘qituvchi, oliy o‘quv yurtlarida olgan tajribasi, bilim va ko‘nikmalariga suyangan holda dars beradilar.

Minnatdorchilik: Ushbu uslubiy kurstmani tayyorlashda «Texnologik ta’lim» yo’nalishi 3 kurs talabasi Ulug’bek Mamadjonov matnlarni terishda, kompyuter grafikasi bilan ishlashda yaqindan yordam berdi.

MAVZU: «O‘QUV USTAXONALARIDA MEHNAT HAVFSIZLIGI TEXNIKASI VA YONG‘IN HAVFSIZLIGI»

MAQSAD: O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yong‘in havfsizligi bilan tanishtirish.

AMALIY KO‘NIKMALAR

– mehnatni xavfsiz tashkil etish;

– yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

NAZARIY BILIMLAR

– payvandlash ishlarini bajarishda shikastlanish turlari va sabablari;

– shikastlanishning oldini oluvchi chora-tadbirlarni tarkibi;

– elektrpayvandlash ishlarini bajarishda elektr xavfsizligi;

– issiqlik va yorug‘lik nurlaridan saqlanish choralari;

– zararli chang va gazlar zaharlanishdan saqlanish choralari;

– ish joyini shamollatish (havoni tozalash) usullari;

– elektr va gaz payvandlash jihozlarini ishlatish qoidalari;

– jamokor (maxsus kiyim) va ularni kiyib yurish qoidalari;

– yong‘in chiqishining asosiy sabablari;

– yong‘inning oldini olish chora tadbirlari;

– yong‘inni o‘chirishda birlamchi vositalardan foydalanish qoidalari;

– yong‘inni bartaraf (o‘chirish) etishda o‘zini tutish qoidalari;

– yong‘in chiqqanda odamlarni ko‘chirish (evakuatsiya) rejalari

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR

Shikastlanish turlari. Eritib payvandlashda payvandchiga u yoki bu darajada havfli ta’sir qiluvchi quyidagi xolatlar mavjud:

– insonning elektr zanjirni tok o‘tkazuvchi qismiga tegishi natijasida elektr toki ta’sirida shikastlanishi;

– elektr yoki nurlardan ko‘z va terining ochiq yuzalarining shikastlanishi;

– payvandlash jarayonida ajralib chiquvchi zararli gazlar, xonani changlar bilan ifloslanishi va har xil moddalar bug‘lanishidan zaharlanishi;

– payvandlashda metal va shlak tomchilaridan kuyishi;

– bosim ostidagi gaz ballonlaridan noto‘g‘ri foydalanganda, yonuvchan moddalar saqlangan idishlarni payvandlaganda hamda yonuvchan va portlashga moil moddalar yaqinida payvandlagandagi portlashlar;

– payvandlashda erigan metal va shlaklardan yong‘inlar chiqishi;

– og‘ir buyumlarni payvandlashga tayyorlash va payvandlash jarayonidagi har xil turdagi mexanik xarakterga ega bo‘lgan shikastlari;

– Payvand choklarni gamma yoki rengen nurlari bilan nurlanishi.

Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish. Eritib payvandlashda payvandlash manbai sifatida kuchlanishi o‘zgarmas tokda 110 V, o‘zgaruvchan tokda 80 V va plazma yordamida payvandlash va kesishda 170—200 V ishlatiladi. Shuning uchun ularda elektr yoyi uzilganda 0,5 sekund ichida tokni o‘chiruvchi avtomatik jihozlar bo‘lishi shart.

Inson tanasining elektr qarshiligi turg‘un bo‘lmaganligi sababli terining quruq xolatida qarshilik 8000—20000 OM ni tashkil etadi (qo‘l nam bo‘lganda, terining shikast joylarida qarshilik 400—1000 OM gacha pasayadi). Xavfsiz kuchlanish 12 V gacha hisoblanadi (ko‘chma yoritgich). Agar payvandchi tor xonada ishlayotgan bo‘lsa va metal yuzalarining ko‘p maydoni bilan aloqada bo‘lsa, elektr tokidan shikastlanishni oldini olish uchun quyidagilarga:

· payvandlash transformatori va yoyi bilan bog‘liq hamma simlar mustahkam (ishonchli) izolatsiyalangan bo‘lishi va payvandlash transformatorining qobig‘i sim orqali yerga ulangan bo‘lishi;

· ta’minlash manbai qobig‘i, apparat qutisi, yordamchi elektr jixozlar yerga ulanishi;

· yerga ulanadigan simning ko‘ndalang kesimi 25 mm2 dan kam bo‘lmasligi;

· payvandlash jixozlarini ulash, o‘chirish, ta’mirlash ishlarini faqat navbatchi elektromanter tomonidan bajarilishi;

· ta’minlash manbalarida yuqori kuchlanishlarni o‘chiruvchi avtomatlardan qo‘llanilishi;

· elektrod ushlagichning ishonchli tuzilishi, izolatsiyalangan bo‘lishi ish jarayonida metal yoki payvandchining qo‘liga tok o‘tkazuvchi qismlarni tegmasligi, elektrod ushlagich yuqori mexanik chidamlikga va 8000 ga yaqin elektrodni siqib (ushlab) turishga mo‘ljallangan bO‘lishi;

· yoritish manbai 12 v dan oshmasligi jamokor va qo‘lqoplar butun va quruq bo‘lishi, tor va yopiq joylarda ishlaganda rezina kalish va gilamcha ishlatilishiga rioya qilish shart.

Yuqorida aytib o‘tilgan talablar bilan birga elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun yuqori kuchlanish zanjirining klemma va siquvchi boltlariga tegish, avtomat mexanizmlarining qopqoqlarini yechish, apparat qutisining eshiklarini ochish, transformatorlarini sozlash va boshqalar man etiladi.

Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish. Payvandlash yoyi yorug‘lik nurlarining manbai hisoblanib, uning nuri ta’siridan ko‘z 10—15 soniyada nurlanib kuyishi mumkin. Uzoq muddat nur ta’siridan ko‘z qorachig‘ining ishdan chiqishi va ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi mumkin. Ultrabinafsha nurlari oftobning infraqizil nurlar kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan, ko‘z qorachig‘ini xiralashishiga va terini kuydirishga olib keladi. Yoy nurlari ta’siri faqat payvandchiga emas, balki yordamchilarga ham zarar yetkazadi. Ko‘zga xavfli jarohat yetishidan saqlash uchun albatta muxofazalovchi oyna tutilish kerak. Maska va shchitoklarga o‘rnatilgan muxofazalovchi oynalarning tashqarisi oddiy oyna bilan yopiladi va erigan metal sachrashidan saqlaydi. Shchitoklar izolatsiyali materiallardan (fibra, fanera) tayyorlanadi. Ularning tashqi tuzilishi va o‘lchamlari payvandchining yuzi va boshini muhofaza qilishi kerak.

Kabinadan tashqarida ishlaganda atrofdagilarning ko‘zlarini yoy nuridan muhofaza qilishi uchun to‘sgichlardan va shchitoklardan foydalanish kerak.

Erigan metall va shlakning sachrashidan himoya qilish. Yoyli payvandlashda, erigan metall tomchilarining harorati 18000 S gacha yetib, u har qanday gazlamani kuydirib ishdan chiqarishi mumkin. Shunday tomchilardan saqlanish uchun maxsus gazlama va brizentdan tayyorlangan maxsus kiyim (shim, kurtka va qo‘lqop) dan foydalanish zarur. Kurtka bilan ishlaganda uni shim ichiga kiritish kerak emas. Oyoq kiyim usti tekis bO‘lishi kerak.

Aerozol va zararli gazlardan zaharlanishning oldini olish. Yoyning yuqori harorati (6000—80000S) payvand simi, elektrod qoplami va flyuslarni bug» holatiga olib keladi. Bu bug‘lar ustaxona muhitiga o‘tgach kondensatsiyalanadi va aerozolga aylanadi, uning zarralari parchalanishi natijasida tutunga aylanib, payvandchining nafas olish organiga yengil o‘tadi. Bu aerozollar payvandchining ish faoliyatini amalga oshirishga bosh xavf tug‘diradi. Payvandchining nafas olish organlaridagi changlar miqdori payvandlash usuli va payvand materiallariga bog‘liq. Yoy yordamida payvandlashda changlar bilan bir qatorda gazsimon moddalar (azot oksidlari va uglerod) hosil bo‘ladi;

«B» qobig‘li elektrod va flyus ostida payvandlashda – ftor birikmalari ajralib chiqadi.

Payvandchining nafas olish organlarida bu gazlarning konsentratsiyasi N2O5 0.009—0.018 mg¤l; SiF4 0,004 mg¤l, SO-0,46 mg¤l gacha ortishi mumkin. Rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlashda payvandchining nafas olish organida zararli ZnO, SnO2, MnO2, SiO2 va boshqa gazsimon moddalarni kuzatish mumkin.

Payvandchining sog‘lig‘iga ko‘proq marganes aerozoli hafli, chunki u bilan zaharlanganda markaziy nerv tizimi uzoq muddatga ishdan chiqib, xatto shol xolatiga ham keltirishi mumkin.

Rux, qo‘rg‘oshin, xrom angidridi inson nfas olish organlarini o‘tkir zaharlab, surunkali kasalliklargacha olib keladi. Uzoq muddatda o‘pkada changlarning yig‘ilishi pnevmokonikoz kasaliga olib keladi.

 

Hamma ko‘rsatilgan shikastlanishlar payvandlashda xavfsizlik texnikasini qo‘pol ravishda buzganda, umumiy va mahalliy havo tozalash ta’minlanmasa, shaxsiy muhofaza vositalari (maska, raspirator) dan, ayniqsa rangli metal va ularning qotishmalarini payvandlashda, shuningdek tor va yopiq joylarda payvandlashda havoni tozalashning yetishmasligidan va hokazolar oqibatida ro‘y berishi mumkin.

Payvandlash ishlarida havoni tozalashning qat’iy talablari mavjud. Bular payvandlash aerozolini ushlash uchun mahalliy havo tortish shkaflari va bir tekis havo so‘rilishi uchun vertikal yoki qiya panellar, reshetka (panjarali) havo so‘rish vositali stollar va boshqalar kiradi.


Ko‘chma payvandlash postlarining yopiq va yarim yopiq joylarida ishlaganda mahalliy, ejektor tipidagi, havo so‘rish jihozi ishlatiladi. Bunda bitta payvandlash postidan 400—500 m3/soat, lekin 100—150 m3/soatda kam bo‘lmagan havo so‘ruvchi yuqori vakuumli jihozlar havoni me’yor darajada yetkazib berishni ta’minlaydi.

Portlash havfini oldini olish. Bosim ostidagi gaz ballonlarini noto‘g‘ri tashish, saqlash va ishlatishda, har xil idishlarda oldindan tozalamay payvand ishlarni olib borganda, ular ichidagi yonuvchan moddalar qoldiqlaridan portlash havfi kelib chiqadi.

Bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatishda quyidagi o‘rnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur:

· ballonlarni tashlamaslik;

· isitish jihozlari yonida ushlab turmaslik;

· yonuvchi gaz va kislorod ballonlarini bir joyda saqlamaslik;

· ballonlarni vertikal holda saqlash.

Karbonat angidridli ballonlarni reduktorida nam muzlaganda faqat maxsus elektr isitgich yordamida isitish kerak, yoki issiq suvda ho‘llangan latta qo‘yib isitiladi (eritiladi). Har qanday bosim ostidagi gaz ballonlarini ochiq alanga bilan isitish qat’iyan man etiladi, chunki bu to‘g‘ridan to‘g‘ri portlashga olib keladi.

Idishlar ichida payvand ishlarini olib borishdan oldin unda qanday mahsulot saqlanganligi va uning qoldig‘i aniqlanadi. Idishlar qoldiqlardan puxta tozalanadi va 2—3 marotaba 10% li ishqor eritmasi bilan yuviladi, undan keyin havo bilan puflab undagi hidlardan tozalanadi. Bu hidlar payvandchiga zararli ta’sir qiladi. Idishlarni kislorod yordamida puflab tozalash qat’iyan man etiladi, chunki bu holda kislorodning kiyim-kechakka va teriga tushishi har qanday ochiq alanga shiddat bilan kiyimni yonishga olib keladi, oqibatda kuyish natijasi o‘limga olib kelishi mumkin.

Katta xajmdagi changsimon organik moddalar (oziq-ovqat uni, torf, toshko‘mir) bor xonada ham portlash xavfi mavjud bo‘ladi. Bu chang ma’lum konsentratsiyada katta portlashlarga olib kelishi mumkin. Bunday xonalarda payvand ishlari olib borish uchun yaxshilab havosi tozalanishidan tashqari o‘t o‘chiruvchilar korxonasidan maxsus ruxsatnoma bo‘lishi kerak.

Erigan metall va shlaklardan yong‘inning oldini olish. Metal bilan qoplangan yog‘och yoki yonuvchan izolyatsion materiallar, yoki tez yonuvchan materiallar oldida payvand ishlarini bajarganda yong‘in chiqishi havfi mavjud. Hamma ko‘rsatilgan payvandlash variantlariga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

Shaxsiy gigiyena qoidalari. (maxsus kiyim) jamokor butun – yaroqli holatda, cho‘ntak qopqoqlari tashqariga chiqarilgan, shim oyoq kiyim ustida bo‘lishi kerak. Cho‘ntak qopqoqlarini cho‘ntak ichiga, shimlarni etik ichiga tiqilsa, erigan metal cho‘g‘lari tushib kuyishi mumkin. Bosh kiyim soyabonsiz bo‘lish kerak, chunki soyabon muhofaza shitogini yoki maskani to‘g‘ri kiyishga halaqit beradi. Oyoq kiyim har doim tepasi yopiq va albatta iplari taqilgan bO‘lishi shart.

Tananing hamma qismi payvandlash yoyi nuridan yaxshi muhofazalangan bO‘lishi kerak.

Payvandlash jarayonida badanning hamma qismi ayniqsa ko‘z puxta himoyalanishi zarur.

Qo‘lqop, kurtka yengini zich yopib turish kerak. Payvanchi metal yuza ustida yotib yoki o‘tirib ishni bajarsa, tagiga rezina to‘shama solish kerak. Tizza va tirsaklarga kigizdan tikilgan tizzaband va tirsakband kiyish kerak. Nam joylarda payvandlashda rezina etik kiyilishi kerak.

Yong‘in xavfsizligi. Sexlarda yong‘inni kelib chiqishi sabablari qo‘yidagilar:

· yengil yonuvchan modda va yonilg‘ilar;

· suyultirilgan yonuvchi gazlar;

· qattiq yonuvchi materiallar;

· idish va apparatlardagi yonuvchan bosim ostidagi mahsulotlari;

· ish jarayonida elektr uchquni chiqaruvchi elektr qurilmalar va boshqalar sabab bo‘ladi.

Yong‘inning oldini olish maqsadida quyidagilar:

· yog», moy, benzin, kerosin va boshqa yonilg‘i izlari bor kiyim va qo‘lqoplardan foydalanish;

· yangi bo‘yalgan qurilmalarni, elektr toki mavjud bo‘lgan apparatlarni, va bosim ostidagi idishlarni, suyuq yonilg‘i saqlangan idishlarni maxsus tayyorgarlik ko‘rmasdan kesish va payvandlash man etiladi.

Yong‘inni o‘chirish vositalariga suv, ko‘pik, gazlar, bug», kukunsimon birikmalar va boshqalar kiradi.

Yong‘inni suv bilan o‘chirilayotganda maxsus o‘t o‘chirish qurilmalari, o‘t o‘chirish mashinalarida va o‘t o‘chirish shlanglari ishlatiladi. Bu qurilmalarga suv maxsus quvurlar orqali uzatiladi. Ko‘pchilik ishlab chiqarish va ma’muriy binolar ichida suv quvur tarmog‘iga ulangan o‘t o‘chirish kranlari mavjud.

Har bir payvandlash postida o‘t o‘chirgich, bochka yoki suv bilan chelak, hamda qum solingan sandiq va belkurak bo‘lishi kerak. Payvandlash ishlari tamomlangach ish joyi va atrofni tekshirish kerak.

Olete lõpetanud tasuta lõigu lugemise. Kas soovite edasi lugeda?