«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya

Tekst
Loe katkendit
Märgi loetuks
Kuidas lugeda raamatut pärast ostmist
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya
Šrift:Väiksem АаSuurem Aa

«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi

Monografiya

Salim Madraximovich Otajonov

Muharrir

 Ibratjon Xatamovich Aliyev



Muharrir

 Boxodir Xoshimovich Karimov



Muharrir

 Inomjon Uktamovich Bilolov



Taqrizchi, pedagogika fanlari nomzodi, Farg'ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti "Texnologik ta’lim" kafedrasi dotsenti

 Ismail Karimov



Taqrizchi, Farg’ona viloyati pedagoglarini metodikalarga o’rgatish milliy markazi katta o’qituvchisi

 Mamatov D. X.



Illustrator

 Ibratjon Xatamovich Aliyev



Illustrator

 Boxodir Xoshimovich Karimov



Illustrator

 Salim Madraximovich Otajonov



Muqova dizayni

 Ibratjon Xatamovich Aliyev



Muqova dizayni

 Xolidaxon Tulkinovna Aliyeva



Korrektor

 Ibratjon Xatamovich Aliyev



Korrektor

 Boxodir Xoshimovich Karimov



© Salim Madraximovich Otajonov, 2023



ISBN 978-5-0059-1866-6



Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero



KIRISH

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari maktabda eng o’zoq vaqt o’tiladigan o’quv fanlaridan biri hisoblanadi. Texnologiya o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar – mehnat faoliyati jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqida bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir.



Bu fan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’zoq muddat, ya’ni birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bo’lgan davr ichida o’qitilishi bilan o’quvchilar faoliyatida va maktab hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga egadir. Bunda texnologiya fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirishdan iborat. Yuqorida aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qo’yilgan aniq vazifalar mavjud.



Jumladan,

1-bosqichda

 1-4-sinflardagi texnologiya darslarida o’quvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan o’rni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi.



2-bosqich

 darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari

texnologiya va dizayn

 (yog’ochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari),

servis xizmati

 (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda

umumlashgan

 yo’nalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyarli hamma sohalarda qo’llaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi.



3-bosqichdagi

 texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bo’lib, ularda xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash kabi sohalar bo’yicha nazariy tushunchalar beriladi va amaliy mehnat ko’nikmalari singdiriladi. Umumiy o’rta Ta’lim  maktabi o’quvchilarini  tadbirkorlikga yunaltirish, shaxsiy ishlab chiqarish korxonalariga ega bulish, kichik va o’rta biznes  tadbirkorlik subektlariga ega bo’lish xakida tushunchalar  berish, iktisod fani bilan boglash masalalarin kiritish o’quvchi dunyoqarashini rivojlantiradi.



Texnologiya fanining o’qitilishida o’qituvchi ko’proq  darslarni  ishlab chiqarish korxonalarida, eksko’rsiya ko’rinishida yoki sinfdan va maktabdan tashqari to’garak, o’quv tsexlari, korxona, muassasalarda   oddiy shogirdlikdan  korxona rahbarigacha bo’lgan  pog’onalargacha ko’tarilgan  tadbirkorlar bilan  uchrashuvlar o’tkazish, davra suhbatlari  tashkil etib bolaning ko’z o’ngida bugungi kunda zamonaviy rahbar  ko’rinishidagi shaxsni shakllantirish orqali o’quvchilarga tushunchalar berib borish kerak.



Aynan mana shunday tadbirlar orqali o’quvchilarning psixologik yosh orqalilarini hisobga olib  o’quvchi eshitganidan ko’ra, ko’proq ko’rganini qiladi, degan psixologik yondashuvga amal qilinsa, maqsadga tezroq erishish mumkinligini ko’rsatish yoki ayrim holatlarda tadbirkorlik subektini boshqaruvchisini yashash turmush tarzi aks etgan  videoroliklar orqali o’quvchilarga motvattsiya berish usullaridan ham foydalanish  yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Pedagogik jamoa orasida liderlik  maqomiga ham ega  mumkin, Masalan, texnologiya darslarida qaysidir buyum yoki detalni tayyorlash jarayonini tushuntirishda, dastlab tayyorlanadigan buyumni texnalogik  xaritasini tayyorlashda bevosita rasm va chizmachilik  fanlaridan olingan bilimlarga suyanilishini, uning xajmini va o’lchovlarini olishda matematika va gemetriya fanlari bilan bog’lanishini, tayyorlanadigan detalni bikrligini taьminlashda maxsulotni ximiyaviy, fizikaviy va texnologik hossalarini yaxshi tushunish kerakligi, chunki, bu materiallarni tanlashda aloxida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, natijada mehnat unimdorligitni  oshirish, kam mehnat sarflab ko’proq natijaga erishish mumkinligini, bu natijani hisoblashda iktisod fanini o’rnini tushuntirib bersa, o’quvchini ko’z o’ngida texnologiya fani o’qituvchisi bir necha fanlarni o’zlashtirgan o’ta bilimli shaxs sifatida namoyon bo’ladi yoki texnologiya  fani o’qituvchi  bolalarni  xatti-xarakatlari orqali ana shu sanab o’tilgan fanlarni o’quvchilar kanday o’zlashtirganliklarini bilib olishi mumkin va shu orqali fan o’qituvchilariga taklif va fikrlarini berishi mumkin, shuni natijasida texnologiya fanini o’qitilishida barcha fanlar  muhim ekanligini ko’rsatish mumkin.



Amalda umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi  o’quvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib,  maktablarning o’quvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi , bugungi kun talabi ekanligini  davlatimiz rahbari o’zlarining xar bir chikishlarida takror takror  aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan  bitiruvchilar  kamida  1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda  Xalk taьlimi vazirligiga hamda  Madaniyat vazirligiga qator  topshiriqlar berdilar.



Davlatimiz rahbarining xududlarni  ijtimoiy iktisodiy rivojlanishini o’rganish buyicha viloyatlarga qilgan barcha  safarlarida xududlarni sharoitlaridan kelib chiqib, shu xududlardagi  Oliy o’quv yurtlari negizida turli xil fakulьtetlarni ochib malakali mutahasislar tayyorlashni yo’lga qo’yish keraklgini ta’kidlab o’tmokdalar. Masalan,  Fag’ona viloyatiga tashriflari davomida Fag’ona  Davlat  Universiteti bazasida asalarichilik, o’zumchilik va anorchilikga iktisoslashtirilgan  fakulьtetlarni qo’shimcha tashkil etish buyicha Oliy taьlim vazirligiga topshiriqlar berilmokda yoki Prezidentimizning tashabbuslari bilan  2020 yili Qo’qon  shaxrida milliy hunarmandchilik buyicha xalkaro festivalni  o’tkazilishi, O’zbyokistonni butun dunyoga tanitganligini  hammamiz guvohi bo’ldik. Aynan shu xalkaro festivalda Davlatimiz rahbari milliy hunarmandchilik sir – asrorlarini maktab taьlimiga kiritish buyicha aloxida tuxtalib Rishton kulolchilik maktabini yaratilishi Qo’qon va Margilon shaxarlarida kashtachilik va kasanachilik maktablarini kelgusida rivojlantirish dasturlarini taklif kildilar, shulardan ko’rinib turibdiki, umumiy o’rta taьlim maktablarida yangilanaetgan milliy o’quv dasturi asosida keng kamrovli o’quv ustaxonalari tashkil etish ham ko’zda tutilmokda. Bunda asosan texnologiya darslarida amaliy va nazariy mashgulotlarni birgalikda tashkillash imkoniyati yaratiladi, o’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu ishlarni tashkillashda maьsuliyat texnologiya fani o’qituvchilarini zimmasiga tushadi. Rishtondagi kulolchilik yo’nalishidagi yosh tadbirkor  Baxromjon tajribasida misollar keltirilsa  asosli bo’ladi.



Texnologiya fani o’qituvchisi o’quvchilarni bo’sh vaktlarini unumli tashkil etish buyicha bir nechta takliflarga ega bo’lsa  maqsadga muofiq bo’ladi chunki, shu orqali o’quvchilarni turli xil yot narsalardan saklab kolishi mumkin, aksincha ustoz shogird maktabi buyicha o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashni ham tashkillashi mumkin. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari orqali kasblarga yullash ishlarini maqsadli va mazmunli tashkillab o’quvchilarni kelajakda kim bo’lishlari xakidagi savollarga javoblar olishlariga imkon yaratib beriladi.



Bunda o’quvchilarga kasb turlari, ularning o’ziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy maqsad o’quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:

 



– o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;



– o’quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakko’rlarini rivojlantirishga qaratilgan.



Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.



Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.



Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan “O’zbekistonning yangi tarqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 Farmonda ham “Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g’oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo’lgan, intellektuaal va mahnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo’lishlari uchun zarur ko’nikma va bilimlar bo’lishini shakllantirish” mazkur sohadagi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan. SHuningdek, Prezident Farmoni va Qarorlarida shuningdek, asarlarida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o’quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarini o’rganish va ijrosini ta’minlashning kun tartibidagi asosiy masalasi sifatida qaralmoqda  /2-7/.



Bu masala boshqa fanlar qatori texnologiya fanini o’qitishda ham asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa o’qitish jarayonida ta’lim metodlaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu metodlarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va o’qitish jarayoniga tadbiq etish orqali texnologiya fani mashg’ulotlarining samaradorligini oshirish talab qilinadi. SHu sababli bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy dolzarb masala – ta’lim metodlari va shakllarini yaxshi egallagan, ularni amalda ahborot kommuniktsiya vositalaridan qiynalmay fodlana oladigan  oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat bo’lib qolmoqda. CHunki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni kasblarga yo’naltirishda o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, o’qituvchi olib boradigan ochiq muloqot tarzidagi mashg’ulot jarayonini boshqa hech narsa bosa olmaydi. SHu sababli ham malakali yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash uchun, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.



Jahonda ta’lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda «ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda»/ 8/.



Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish kelajak yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda.  Bu esa fan o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.



Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalarini qo’yadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan avvalol istak, hohish – iroda, yuksak kasbiy salohiyat va insoniy ijobiy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi.



Ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish mavzusi yuzasidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari, ularni tushintirish mehanizmlari taklif etilgan bo’lsalarda /9/ texnologiya fanini, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayoni shu kun talabida o’rganilmagan.



SHuningdek, hozirgi kunda hech bir mamlakatning o’quv ta’lim-tarbiya muassasasida rahbar hodim tayyorlanmaydi, insonning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyatida jamoada ishlash jarayonida shakllanib boradi. SHu bois fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirishning eng muqobil yo’li sifatida qaralmoqda va malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda.



Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ilmiy-metodik, mahnaviy-mahrifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontyokistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda.



Ta’lim tizimida texnologik jarayonlarni tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonini tashkil etishda zamonaviy  bilimga ega bo’lgan ijodkor, malakali, salohiyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchiga zarur. SHuningdek, texnologiya fani o’qituvchisi texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi, Ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy tahsir etuvchi va ularni bartaraf etish yo’llarini bilishi, modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi,   o’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi va dars jarayonida tadbiq eta olishi zarur.



Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari

/10/

  o’zluksiz Ta’lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar, pedagogik jarayonlarning o’ziga xos orqalilari, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar, Ta’lim jarayonlari samaradorligi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning funktsiya va metodlari, shuningdek, ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda rahbarlar va professor-o’qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, pedagogik jarayon sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning refleksiv faoliyatini tashkil etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo’nalishidagi vazifalar yoritilgan.



R.X.Djuraev, S.T.Turg’unov, N.Q.Axmedovalar Xalq Ta’limi tizimi umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati yo’nalishlari, boshqaruv faoliyati modeli, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tashkiliy to’zilish va boshqaruv tamoyillari, boshqarishning funktsiya va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonini takomillashtirish omillari, ta’lim muassasasi rahbarlarining ish vaqti va undan foydalanish, ta’lim muassasasini boshqarish texnologiyalari, boshqarishda innovatsion faoliyat, ta’lim muassasalari rahbarining boshqaruv faoliyati samaradorligi, umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda hamkorlikdagi boshqaruv kabi masalalar yoritilgan

/12/.



R.X.Djuraev, S.T.Turg’unovlar tomonidan zamonaviy maktab rahbarlarining funktsional vazifalari va boshqaruv faoliyati samaradorligi, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muasasalaridagi tashkiliy to’zilish, strategik boshqaruv va rejalashtirish, boshqaruv jarayonidagi tarbiyaviy munosabatlari, rahbarlik uslublari, ta’lim muasasalari rahbarlarining boshqaruv qobiliyatlari va umuminsoniy xislatlar, boshqaruv algoritmi, boshqaruvda mehnat munosabatlari etikasi, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, xodimlar va rahbarlar faoliyatini tashkil etish masalalari o’rganilgan/13/.



O’qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funktsional vazifalari o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo’nalishidagi funktsional vazifalar, ularning kasbiy faolligini, shuningdek, malakasini oshirish, kasbiy kompetentliligini rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatini tashkil etishda Ta’lim muasasasi rahbarlari oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga doir tavsiyalar berilgan/14/.



O’qituvchilarning kasbiy mahoratitva kompetentliligini rivojlantirish /15/ bo’yicha ta’lim muassasasi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi va uning kompetentlari, pedagogik kompetentlilik ko’rsatkichlari va baholash mezonlari, o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari, metod, vositalari, kasbiy mahorat va kompetetntlikni rivojlantirish jarayonida korporativ asoslari, pedagogik innovatsion faoliyat, o’zluksiz malaka oshirish jarayoni modeli kabi masalalar yuzasidan so’z yuritiladi.



Mazkur muammolarni ijobiy yechimini topish uchun texnologiya fani o’qituvchisining texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish omillarini izlab topish yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish  shu kunning asosiy muammosidir.



Bu esa texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik jarayonlarni tashkil eta olishi va boshqaruv faoliyatida esa kompetentli, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligini yuqori yuqoriga ko’tarishda mamlakatimiz prezidentining farmonlari, qarorlari va VM qarorlari hamda mazko’r sohaga aloqador bo’lgan mehyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazko’r dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot natijalari  muayan darajada hizmat qiladi /15-19/.



Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, dars jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini  oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq  ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari  va oliy Ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti  qoshidagi TA’LIM instituti Angliya), Nant universiteti  (Frantsiya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), CHonnam miliy universiteti (Koreya respublikasi), SHanxay Ta’limni baholash instituti (XXR),  Moskva davlat universitetining boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi (Rossiya) da olib borilmoqda.



SHuningdek, O’zbyokistonda “Bosh ilmiy metodik markaz” tomonidan professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan va ushbu mehanizmni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.



Jahonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qator oliy ta’lim muassasalari tomonidan quyidagi ilmiy natijalar olingan: jumladan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi TA’LIM instituti, Buyuk Britaniya); ta’lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya); ta’lim sifati nazoratining tashqi baholash mexanizmlari takomillashtirilgan (Nant, Frantsiya); sifatning yalpi boshqaruvi kontseptsiyasini oliy ta’lim muassasalarida qo’llash orqalilari ochib berilgan (Kaliforniya va Ogaya universitetlari, AQSH); Ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari takomillashtirilgan (Vullongong universiteti, Avstraliya); sifat boshqaruvini takomillashtirib borish yo’nalishlari aniqlangan (Tokio pedagogika universiteti, Yaponiya); professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy-metodik markaz, O’zbyokiston).

 



Dunyoda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:



– ta’lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash;



– ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish;



– ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiqlashtirish;



– sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish;



– ta’lim tizimida hususan, texnologiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etishning o’ziga hosligi va boshqaruv mehanizmini  takomillashtirish yo’llarini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirish masalalarini qayta ko’rib chiqish va o’quv ko’rslarida o’qituvchilarning boshqaruv mehanizmi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari o’rganilmoqda.



Ushbu muammoning dolzarbligi ilmiy nuqtai nazardan yetarlicha ishlanmaganligi, texnologiya fani, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish muammolari yuzasidan yetarlicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmaganligi mavzuning “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” deb nomlashga asos bo’ldi.



Prezidentimiz SHavkat Mirziyaev tomonidan «Bugungi kunning eng asosiy vazifasi – hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa boshqaruvda tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mashuliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir», deb tahkidlangan. Zero, boshqaruv sifatining takomillashuvi tegishli sohada erishiladigan yutuq va muvaffaqiyatlarning kafolatidir.



Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarini o’rganishga mamlakatimiz olimlari R.Jo’raev, M.Mirqosimov, , S.Turg’unov, N.Ahmedova, Q.SHodmonov, M.Yo’ldoshev/22-26/, shuningdek, MDH olimlari M.Gubanova, V.Gurov, Z.Kretsan, V.Lazarev, N.Nemova, T.SHamova, N.SHmirevalarning ilmiy ishlarida alohida e’tibor qaratilgan hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qituvchilarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimi dars jarayonini, hususan, texnologikjarayonlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va innovatsion Ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish muammolari tadqiq etilgan/27-29/.



Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalari mamlakatimiz olimlari A.Begmatov, J.Yo’ldoshev, H.Yo’ldoshev, M.Quronov, S.Turg’unov,  N.Ahmedova, M.Yo’ldoshev MDH olimlari O.Atlasova, Z.Berdnikova, Ye.Grishina, A.Nekrasov, Ye.Tonkonogaya va boshqalar tomonidan o’rganilgan/30-34/.



Respublikamiz  tadqiqotchilari R.Ahlidinov, R.Jo’raev, U.Inoyatov, S.Turg’unov va boshqalar, MDH olimlari  P.Anisimov, G.Bordovskiy, D.Gorbachevskaya, D.Kutyova, O.Nazarova, I.Pozdnyakova, M.Potashnik, L.Redьko, P.Tretьyakov, shuningdek, xorijlikolimlar B.Cole, E.El-Khawas, J.Goldberg, L.Harvey,  D.Westerheijden tomonidan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan, ta’lim sifati boshqaruvining o’zluksiz Ta’limda, shuningdek, malaka oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha o’zaro aloqadorligini belgilaydigan omillar ilmiy asoslangan.



SHuningdek, ta’limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda   maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy Ta’limda sifatni baholash, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.



Mamlakatimiz olimlari E.Seytxalilov, SH.Qurbonov, SH.SHaripov, M.Yo’ldoshev, S.Turg’unov,  N.Ahmedova MDH olimlari Ye.Kolegova, E.K