TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI

Tekst
Loe katkendit
Märgi loetuks
Kuidas lugeda raamatut pärast ostmist
  • Lugemine ainult LitRes “Loe!”
TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI
Šrift:Väiksem АаSuurem Aa

TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI



Muallif: Mark Tven



Qayta gapirib berdi: Seivyer Pirotta



Mundarija:



1-bob. Devor oqlash voqeasi



2-bob. Qabristondagi arvohlar



3-bob. Orol va dafn marosimi



4-bob. Xoch ostida



5-bob. G’ordagi xavf



6-bob. Xazina!

























1-BOB



DEVOR OQLASH VOQEASI



–Bu adolatdan emas!–deya to'ng'illadi Tom Soyer qo'lida cho’tkasi bilan uydan chiqayotib.



–Aksincha, bu senga maktabdan qochganing uchun saboq bo’ladi,–dedi bir chelak ohak ko’tarib olgan Polli xola.



–Va yolg’on gapirganing uchun ham,–deya qo’shimcha qildi Pollining ortidan chiqqan Tomning xolavachchasi Meri.



–Men onangga o’limidan oldin sen va ukang Sidga g'amxo'rlik qilaman deb va'da berganman,–deb hasrat qila boshladi Polli. –Sen kattalarning aytgan har bir so'ziga quloq solishing va ularga itoat qilishing kerak.



–Bundan tashqari, rost so'zlashing lozim,–deb yana gapga qo'shildi Meri.



Yozning jazirama kunlaridan biri edi. Sankt-Peterburgdagi

1

 barcha bolalar cho'milish uchun daryoga ketishadi. Ammo Tom bundan mustasno. Chunki u maktabdan qochganligi uchun bog' devorini oqlash bilan jazolandi. Bog'ning old eshigi Polli va Meri tomonidan zarda bilan yopilganida Tomning yuragi orqasiga tortib ketdi. Devor juda katta edi. Tom oqlash ishini cho'milish vaqti u yoqda tursin, hatto kechgacha ham tugata olmasdi. U kimdandir yordam so'rab ko'rmoqchi bo'ldi. Agar do'stlariga devor oqlagani uchun haq to'lasa, balki ular yordam berishar. Ammo Tomda bir chaqa ham yo'q edi. U nimadir bormikan deb qo'lini cho'ntaklariga tiqib ko’rdi. U yerdan bor-yo'g'i ikki-uchta marmartosh va bir necha o'ram ip topildi. Avvaliga niyati amalga oshmaydigandek tuyuldi. So'ngra miyasiga ajoyib fikr kelib qoldi. Bog' oldidan birinchi bo'lib o'tgan bola uning do’sti Ben Rojers bo'lib, u o'zini xuddi aslzodalardek tutardi. Ben tishlari orasida katta va suvli olmani chaynab:



–Hoy, Tom, cho'milishga borasanmi?–deb so'radi.



Tom qo'liga cho'tkani oldi va devorni oqlay boshladi.



–Shunday maroqli ish turganda, qaysi ahmoq cho'milishga boradi? – dedi Tom mug'ombirlik qilib.



–Sen shunda uyda qolib, devor oqlashni nazarda tutyapsanmi?–deb ajablandi Ben.



–Agar sen bu ishni chin ko'ngildan qilsang, buning qanchalik rohatbaxsh mashg’ulot ekanligini his qilasan.



Ben devorga biroz tikilib turib:



–Tom, men seni eng yaqin do'stingman, to'g'rimi?–dedi.



–Xo'sh?– deya qoshlarini chimirdi Tom.



–Kel, shu ishni men qilib ko'ray,– dedi Ben.



Tom qilayotgan ishini to'xtatmay:



–Yo'q. Bu ish sening qo'lingdan kelmaydi,– dedi qat'iyan.



–Xohlasang, senga qolgan olmamni beraman,–deb iltimos qildi Ben.



–Mayli, olaqol, faqat do'stim bo'lganing uchungina beryapman,–deya Tom maysalarning ustiga o’tirib oldi va Benning olmasini yeya boshladi. U hiylasi ish berganidan o'zida yo'q xursand edi. Mana, u mazza qilib dam olayotganida, Ben uning barcha ishlarini qilib beryapti. Biroz vaqt o'tib, Tomning yana bir do'sti Jon Miller kelib qoldi. U ham devor oqlamoqchi bo'ldi. Tom toki uning varragini qo’lga kiritmagunicha uning oqlashiga ruxsat bermadi.



Ko'p o'tmay, devorni oqlashga yordam berish uchun kelganlar soni ko'payib, uzun navbat hosil bo'ldi. Ish tugallangan payt Tomning cho'ntaklari marmartosh va o'yinchoqlarga to'lib ketdi. Hatto unga ipga bog'langan o'lik ka

Olete lõpetanud tasuta lõigu lugemise. Kas soovite edasi lugeda?