PEDAGOGIKA

Tekst
Loe katkendit
Märgi loetuks
Kuidas lugeda raamatut pärast ostmist
  • Lugemine ainult LitRes “Loe!”
Šrift:Väiksem АаSuurem Aa

A) Yan Komenskiy

B) Ushinskiy

D) Yusuf Xos Hojib

E) Abdulla Avioniy

6. «Individ» so‘zining ma’nosi…

A) Yagona. bo‘linmas, yarim shaxs

B) Yagona go‘dak

D) Shaxs

E) Bo‘linmas

7. Faoliyat bu…

A) Rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlar

B) Rahbarning boshqa odamlarga, jamoaga, jamiyatga muno- sabati

D) Emperik bilimlar to‘plami

E) Insonning muhit bilan o‘zaro munosabati

8. Shaxs madaniyatining asosiy jihatlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Siyosiy, demokratik, huquqiy madaniyat

B) Iqtisodiy va mehnat madaniyati, aqliy, axloqiy

D) Ekologik, badiiy va jismoniy madaniyat, muloqot madaniyati va oilaviy munosabatlar madaniyati

E) Yuqoridagilarning hammasi to‘g‘ri

9. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…

A) Odob-axloq, tarbiya

В) Muhit, ta’lim

D) Irsiyat, tarbiya

E) Irsiyat, muhit, ta’lim va tarbiya

10. «Irsiyat» deganda nimani tushunasiz?

A) Odam shaxsining va xulqining rivojlanishi

B) Biologik omillarning ta’siri

D) Ota-ona, ya’ni yaqin ajdodiardan avlodlarga o‘tadigan biologik xususiyat

E) Hamma javoblar to‘g‘ri

11. Shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan inunosabatlaridagi xatti-harakatlarning belgisi – uning…

A) Intizomi

B) Tarbiyasi

D) Odob-axloqi

E) Bilimi

12. Shaxs rivojlanishining muhim davri yoshlik yillari, (talabalik yillari) nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 14–15 yoshdan 17-18

B) 17 yoshdan 21 yoshgacha

D) 16–18 yoshdan 17-18

E) 17–18 yoshdan 24–25 yoshgacha

13. Ideal tarixiy shaxs obrazi berilgan qatorni aniqlang.

A) Navoiyning ideali – Farhod obrazi

B) Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy obrazi – ideal obraz

D) Xalqimiz qahramoni Alpomish

E) Javoblarning barchasi to‘g‘ri

14. Bolalardagi o‘ziga xoslikni, ularning ruhiy jarayonlarining turlicha bo‘lishini qaysi omillar belgilaydi?

A) Biologik omil, ijtimoiy omil

B) Obyektiv omillar, ijtimoiy omillar

D) Axloqiy omillar, biologik omillar

E) Biologik omil, ijtimoiy omil, ta’lim-tarbiya

15. Bola shaxsining rivojlanish davrlari qaysi qatorlarda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Tug‘ilgandan to bir yoshgacha bo‘lgan bolalik davri

B) 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr va maktabgacha tarbiya yoshi davri

D) Kichik maktab. O‘smirlik va o‘spirinlik davri

E) Yuqoridagilarning hammasi

16. Irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya qanday omillar sirasiga kiradi.

A) Jamoatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar

B) Shaxsni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar

D) Shaxsni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar

E) Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi omillar

Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat uning ma’naviy boy ekanligidan dalolat beradi.

Suqrot

4-MAVZU. TARBIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI

Reja:

1. Tarbiya maqsadi. Tarbiya maqsadining xilma-xilligi.

2. Hozirgi jamiyatda har tomonlma rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash tarbiya maqsadi sifatida.

3. Tarbiya vazifalari va mazmuni, uning aqliy, fuqarolik, ma’naviy- axloqiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiyasi haqida.

Mavzuning maqsadi:

Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning roli, uning mazmuni va turli shakllari haqida ma’lumot berish orqali yoshlarda aqliy, ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiya tushunchalarini shakllantirish.

Mavzuning vazifalari:

– tarbiya maqsadining xilma-xilligini ochib berish;

– mustaqil fikryuritadigan ijodkoryoshlarni shakllantirish;

– barkamol shaxs tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining tarbiya to‘g‘risidagi qarashlarini ko‘rsatish;

– shaxs tarbiyasida aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, estetik va mehnat tarbiyasining rolini aniqlash.

Tayanch ibora va atamalar: tarbiyaning maqsadi, tarbiya maqsadining xilma-xilligi, barkamol avlod tarbiyasi, milliy tarbiya asoslari, tarbiya tizimining uzluksizligi, barkamol shaxs tarbiyasi.

Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi. yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi – barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan. Mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali. bilimli mutaxassis. ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsning o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi. Maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tatbiq etadi.

O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning psixologik (individual-tipologik). fiziologik va jismoniy xususiyat- lariga, ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash. bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususiyatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo‘qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkor- ligi lozim bo‘ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o;zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.

Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib qarashmagan.

Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya esa shaxs tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.

Tarbiya nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

– tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;

– tarbiya istaklarini tasniflash;

– o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyoji va talabi;

– o‘quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish;

– o‘quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o‘sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;

– o‘qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.

Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya – o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan sharqona tushunchalardir. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga binoan muttasil o‘zgarib-yangilanib boraveradi».

Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan engezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin ega 11 as hi ham – bularning barcha-barchasi, avvambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yeti- shiga bog‘liqdir».

Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda vaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablashtiradi.

Maktab tarbiyasi shaxs ongini. dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois, tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzluksizligidir. Tarbiya jarayoni – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlaridan iborat. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan. bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazi 1 ishiga erishish maqsadga muvofiqdir.

 

4.2. Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash – tarbiya maqsadi sifatida

Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga. Zamonaviy madaniyatga ega bo‘lgan. Har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir.

Bu borada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishini davr talab etmoqda.

Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. «Boshqacha aytganda, – deydi I.A.Karimov, – biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak».

Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog‘Iiq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi paytda uzluksiz ta’lim tizimida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Ma’naviyat asoslari», «Milliy istiqlol g‘oyasi», «Axloq- shunoslik», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» va shu kabi fanlar mazmuni mustaqiJlik mafkurasi asosida qayta tayyorlanganligi va boshqa turli fanlar mazmuniga ma’naviy qadriyatlar ruhining singdirilishi yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida buyuk burilish bo‘ldi. Ular orqali yoshlarimiz butun insoniyat, jumladan, Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari, shuningdek, o‘zbek xalqi yaratgan ma’naviy boyliklar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, buyuk vatandoshlarimiz (qomusiy va hadischi olimlarimiz)ning jahon sivilizatsivasiga qo‘shgan beqiyos hissalarini yoritish orqali ularga milliy-ma’naviy merosda faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash, qadriyatlar va urf-odatlarimizga ongli munosabatda bo‘lishni singdirish imkoniyati yaratildi.

Hozirgi demokratik jamiyatdagi tarbiyaning maqsadi yuksak ma’naviyatli, milliy taraqqiyot mafkuramizda qat’iy turuvchi, ona-Vatan ravnaqi fidoyisi. O‘zini va yon-atrofdagilarni yot g‘oyalardan asrovchi, yurt tinchligi, davlatimiz ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida dovyuraklik va tashabbuskorlik bilan faoliyat yurituvchi barkamol shaxsni tayyorlash asosida barkamol avlodni shakllantirishdan iboratdir.

Bunday tarbiyaviy faoliyat uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismidir va jamiyat taraqqiyotiga mos tarbiya vositalari. Metodlari, usullari, yo‘llari va shu kabilar yuksalib boraveradi. Bunda:

– xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati va umum- bashariy qadriyatlarga suyangan holda tarbiyani rivojlantirish;

– tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish;

– oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish lozim.

Oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni quyidagidek olib borish maqsadga muvofiqdir (4.2.1-shaklga qarang).

Quyida biz A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti jamoasida barkamol avlod tarbiyalashdagi ish tajribalaridan namunalar keltiramiz, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni quyidagi tartibda olib borilmoqda. Maqsad:

mustaqillik mafkurasini inobatga olib, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish;

– oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarishning ijtimoiy-pedagogik va amaliy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;

4.2.1-shakl

– o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va shu yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishlarini yagona dinamik tizim sifatida ifoda- lab olish va uni muvaffaqiyatli faoliyat yuritish mexanizmlarini ishlab chiqish;

BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISH

– jamiyat taraqqiyoti saviyasi va darajalarini e’tiborga olgan holda yoshlarning tarbiyasidagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish muammolari bilan muntazam qiziqib borish;

– ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni jamiyat taraqqiyoti mosligini kuzatish va nazorat qilishni va bu sohada monitoringni yo‘Iga qo‘yish hamda uning natijalari asosida tarbiyada rostlash va tuzatishlar kiritish mexanizmlarini ishlab chiqish;

– oliy o‘quv yurti talabalarining ma’naviy shakllanganligini aniqlashni modellashtirish lozim va bu modelning obyektiga adekvatligini nazorat qilish orqali yoshlarning ma’naviy shakllanganligini aniqlashning tizimini yaratish. Ulardan kerak bo‘lganda ayrim talaba yoki guruh, kurs. fakultet va shuningdek, oliy o‘quv yurtining talabalarining ma’naviy yetukligini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish va uni yuksaltirishga uslubiy tavsiyalar tizimini ishlab chiqib, joriy etishga erishish va hokazo.

Ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassam qiladi:

– butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, hamqishloqlari va butun mamlakat xalqining farovonligi haqida qayg‘uradi;

– odob-axloqli va fe’l-atvori yoqimli bo‘lishini insoniy burch deb hisoblaydi;

– ota-bobolaridan yodgor bo‘lib qolgan milliy-ma’naviy meroslarni yuksak qadrlaydi;

– milliy qadriyatlarni e’zozlaydi. avaylab-asraydi va ularga sodiq bo‘lib qoladi;

– unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror bo‘ladi;

– umumxalq ma’qullagan Konstitutsiyani va shu kabi muhim davlat hujjatlarini hurmat qiladi hamda Davlat ramzlariga sadoqatli bo‘ladi;

– Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladi va shu kabilar.

Yoshlarimiz oldiga qo‘yilgan talablarga e’tibor berilsa va shu ketma-ketlikdagi ta’lim-tarbiya olib borilsa, Birinchi Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov orzu qilganidek. «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» degan shior amalga oshadi. Bu orzuni amalga oshirishda dastlab «Barkamol avlod orzusini», ya’ni maqsadni quyidagicha ifodalab olamiz: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, barkamol avlodni tayyorlashning qonuniy davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatidir. Bunda. birinchidan, milliy dasturni to‘liq bajarishga erishish, ikkinchidan, butun xalqni mazkur savobli ishga to‘liq jalb qilish, uchinchidan, umumommaning mazkur ishlar mazmun-mohiyatiga tushunib olishiga erishish va nihoyat, to‘rtinchidan. har bir fuqaro belgilangan vazifalarning bajarilishiga ishonch hosil qilishiga va bu jarayonga munosib hissa qo‘shishiga ishtirok etish istagini uyg‘onishiga erishish barchamizning orzuimizdir.

Shu yo‘sindagi olib borilgan ta’lim-tarbiya oxirida barkamol shaxsga qo‘yilgan talab (mezon) bilan tarbiyalangan shaxsdagi intellektual salohiyat solishtirilib ko‘riladi va mezon bo‘yicha talablar bajarilgandan keyin tayyor mutaxassisga «Mehnat bozori» – ya’ni kasbiy faoliyat uchun yo‘llanma beriladi. Bunda mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – buyuk davlat barpo etish, xalqning maqsad-muddaolarini amalga oshirish, milliy g‘oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishdan iborat.

Barkamol shaxs tarbiyasi jarayoniga bunday yondashish ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichida puxta tayyorgarlikka ega bo‘lishni va maqsadga yetishni kafolatlaydi. Maqsadga yetish tadbirlari avvaldan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib boriladi. Ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab yoki ushbu jarayonni boshqarish mazmuniga qarab maqsadlar tizimi (ketma-ketligi) yoki yaxlit-yagona bir maqsad bo‘lishi mumkin va u Davlat ta’lim standartlariga yoki mutaxassis- larga qo‘yiladigan jahon ta’limi talablari asosida shakllangan (tuzil- gan) bo‘ladi.

Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta’lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», degan ezgu niyatlarning og‘ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga tavangan holda, shunday xulosa qilish mumkin. Yoshlarni barkamol darajada tarbiyalash uchun milliy istiqlol g‘oyalari bilan ularni yaqindan tanishtirish, ya’ni ularning qalbida. eng avvalo, milliy ong, milliy g‘urur, milliy mafkura tushunchalarini shakllantirish orqali ularning vaqtini bo‘sh qoldirmaslik, ularni ijtimoiy foydali ishlarga jalb qilish lozim. Yoshlar bilan shunday usullarda shug‘ullanish natijasida, talabalarni bu ishlarga jalb qilish orqali ularni tashqi salbiy ta’sirlardan saqlab qolish imkoniyati paydo bo‘ladi.

4.3. Tarbiya vazifalari va mazmuni. Tarbiyaning aqliy, fuqarolik, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, estetik yo‘nalishlari haqida

Mamlakatimizda ijtimoiy tarbiya va uning turlari (axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik. iqtisodiy, huquqiy va mafkuraviy tarbiyalar) quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Chunonchi:

1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ulardan ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va taqiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida aqliy ong madaniyatini shakllantirish.

2. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida o‘quvchilarni ilm- fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlar berish tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirish.

3. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarda o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishni hamda uning ishlash qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat turlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshiga va jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, sabot-matonat, chidam, iroda va tavsifni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivoj lantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli mimosabatlarni tarbiyalash.

4. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish, estetik madaniyatini shakllantirish.

5. Ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekologiyaning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va ahamiyati borasida tushunchalarni qaror toptirish. shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish.

6. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlar berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish borasidagi qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish.

7. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga Davlat Konstitutsiyasi haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, meh nat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shakllantirish.

 

8. G‘oyaviy va mafkuraviy bilim berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyat asoslari, milliy davlat tuzilishi, shuningdek, mafkura mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda mafkuraviy faoliyat ko‘nikma va malakalarni qaror toptirish, mafkuraviy madaniyatni shakllantirish va boshqalar.

Demak, tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyatini aks ettiradi.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Tarbiya deganda nimani tushunasiz?

2. Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?

3. Tarbiya to‘g‘risida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniv aytgan fikr-mulohazalar haqida gapirib bering.

4. Tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish deganda nimani tushunasiz?

5. Tarbiyaviy ishlarni insonparvarlashtirish nima?

6. Oliy о‘quv yurtida та ‘naviy-ma ‘rifiy ishlar qanday tashkil etiladi

7. Barkamol inson о‘zida qanday xususiyatlarni mujassam qiladi?

S. Tarbiyaning qanday turlari mavjud?

Test savollari

1. «Vijdon – ruhimizning ma’naviy quvvati bilan fikrimiz- ga quvvat beruvchi bir vositai idrokiyatdir». Ushbu fikr muallifi kim?

A)Aflotun B) Pifagor

D)Suqrot E) Arastu

2. «Tarbiya o‘zi agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, u baxt uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim». Ushbu fikr kimga tegishli?

A)Makarenko B) Ushinskiy

D)Suxo‘llinskiy E) Pestalotssi

3. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari kimning qalamiga mansub?

A)M. Behbudiy В) M. Qoshg‘ariy

D)A. Avloniy E) A. Cho‘lpon

4. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nechta?

A)6 ta B) 5 ta

D)3 ta E) 4 ta

5. Barcha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turi o‘yin bo‘lsa, maktab o‘quvchisi uchun qaysi faoliyat turi bor?

A) O‘qish faoliyati B) Mehnat qilish faoliyati

D) A va В javoblar to‘g‘ri E) Ta’lim olish faoliyati

6. Tarbiya turlari qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Aqliy, jismoniy. axloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy tarbiya turlari

B) Matematik tarbiya, ijtimoiy tarbiya, jamoatchilik tarbiyasi

D) Oila tarbiyasi, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya va boshqalar

E) Barcha javoblar to‘g‘ri

7. Tarbiya metodlari qaysi variant javobida to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, odatlantiruvchi

B) Hikoya, ma’ruza, suhbat

D) Pedagogik talab, mashqlantirish, rag‘batlantiruvchi

E) Hamma javoblar to‘g‘ri

8. Qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiya qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan manbani toping.

A) Geradotning «Tarix» kitobi

B) «Avesto kitobi

D) Esxilning «Forslar» kitobi

E) Xalq og‘zaki ijodining qadimgi namunalari

9. Tarbiya – ijtimoiy hodisa, Bunga asos nimada?

A) Maktabda tarbiya beriladi

B) Inson o‘z-o‘zini tarbiyalaydi

D) Oiladagi tarbiya

E) Inson umrining oxirigacha tarbiyalanadi va unga turli xil tashqi ta’sirlar bo‘ladi

10. O‘quvchi va o‘qituvchini qamrab oluvchi jarayonni aniqlang.

A) Tashqi ishlar jarayoni

B) Tarbiya jarayoni

D) Ta’lim maqsadlarini amalga oshirish jarayoni

E) Tarbiyaviy tadbirlar

Al hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy

Olete lõpetanud tasuta lõigu lugemise. Kas soovite edasi lugeda?